Chempionatlar
Milliy va xalqaro kasbiy mahorat chempionatlari.

WorldSkills Aichi — 2028
Aichi · 15-noyabr, 2028 — 20-noyabr, 2028
WorldSkills Aichi 2028 — navbatdagi jahon kasbiy mahorat chempionati 2028-yil 15–20-noyabr kunlari Yaponiyaning Aichi prefekturasida o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Chempionatga tayyorgarlik uzoq muddatli dastur asosida olib boriladi.
Batafsil
WorldSkills Shanghai — 2026
Shanxay · 22-sentabr, 2026 — 27-sentabr, 2026
WorldSkills Shanghai 2026 — 48-jahon kasbiy mahorat chempionati 2026-yil 22–27-sentabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkaziladi. Bu WorldSkills International tizimidagi eng yirik musobaqa bo‘lib, unda dunyoning 85 dan ortiq davlatidan yosh mutaxassislar ishtirok etadi. Chempionat dasturi 64 ta kasbni o‘z ichiga oladi. WorldSkills qoidalariga ko‘ra 51 ta kasbda ishtirokchi musobaqa yilida 22 yoshdan, 13 ta kasbda esa 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak. 57 ta kasbda bitta davlatdan bir nafar, 7 ta kasbda esa ikki nafardan iborat jamoa qatnashadi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur chempionatga 16 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tayyorgarlik jarayoni bosqichma-bosqich olib borilmoqda: hududiy va milliy chempionatlar orqali nomzodlar saralanadi, ular uchun maxsus trening dasturlari tashkil etiladi, ekspertlar xalqaro baholash tizimi bo‘yicha malaka oshiradi. Musobaqada ishtirok etish O‘zbekiston uchun kasbiy ta’lim sifatini xalqaro mezonlar bilan solishtirish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish va yosh mutaxassislarni global mehnat bozoriga tayyorlash imkonini beradi.
Batafsil
WorldSkills Bukhara — 2025
Buxoro · 20-dekabr, 2025 — 28-dekabr, 2025
WorldSkills Bukhara — 2025 hududiy chempionati 2025-yil 20–28-dekabr kunlari Buxoro shahrida 2 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi va yilning yakuniy hududiy bosqichi bo‘ldi.
Batafsil
WorldSkills Asia Taipei 2025
Taypey · 24-noyabr, 2025 — 2-dekabr, 2025
«WorldSkills Asia Taipei 2025» xalqaro kasbiy mahorat chempionati 2025-yil 27–29-noyabr kunlari Xitoy Tayvani Respublikasining Taypey shahrida o‘tkazildi. Musobaqa har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha davom etdi. O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta yo‘nalish bo‘yicha qatnashdi: raqamli muhandislik (CAD), CNC tokarlik, avtokuzov ta’mirlash, elektronika, veb-texnologiyalar, elektr montaj ishlari, quruq qurilish va suvoq ishlari, bo‘yash va pardozlash (ko‘rgazmaviy kasb), kosmetologiya, avtomobil texnologiyalari, oshpazlik, avtomobil bo‘yash, sovutish va konditsioner tizimlari, grafik dizayn texnologiyasi, tibbiy va ijtimoiy parvarish hamda sanoat dizayni texnologiyasi. Chempionatda jami 29 ta davlat ishtirok etdi. Delegatsiya 24-noyabr kuni Toshkentdan uchib ketdi; 26-noyabr kuni ish o‘rinlari, zamonaviy texnik jihozlar va xavfsizlik talablari bilan tanishish hamda xalqaro standartlar asosidagi malaka oshirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘zbekistonning ishtirok hajmi 2023-yilga nisbatan uch baravar kengaydi. Tanlangan yo‘nalishlar eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot ehtiyojlariga mos bo‘lib, vakillarimiz Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA va Xitoy Taypeyi kabi Osiyo yetakchilari bilan teng raqobatlashdi. Ushbu ishtirok 2026-yilgi «WorldSkills Shanghai» jahon chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.
Batafsil
TurkicSkills — 2025
Aqtau · 4-oktabr, 2025 — 9-oktabr, 2025
TurkicSkills — turkiy davlatlar o‘rtasidagi kasbiy mahorat chempionati. Birinchi TurkicSkills-2025 xalqaro chempionati 2025-yil 4–9-oktabr kunlari Qozog‘istonning Aqtau shahrida o‘tkazildi. O‘zbekistondan 9 nafar ishtirokchi — Samarqand viloyatidan 6, Buxoro viloyatidan 2 va Farg‘ona viloyatidan 1 nafar vakil qatnashdi. Terma jamoa 2-o‘rin va Mahorat medalloni (Medallion for Excellence) bilan qaytdi. Payvandlash (Welding) yo‘nalishida Xoliqulov Javohir Abdullayevich 2-o‘rinni egalladi. To‘qqiz kasbiy yo‘nalish bo‘yicha bellashuvlarda u O‘zbekiston nomidan sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan birinchi ishtirokchi bo‘ldi. Chempionat turkiy tilli davlatlarning kasb-hunar ta’limi tizimlarini yaqinlashtirish va umumiy malaka talablarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Batafsil
WorldSkills Andijan — 2025
Andijon · 20-sentabr, 2025 — 28-sentabr, 2025
WorldSkills Andijan — 2025 hududiy chempionati 2025-yil 20–28-sentabr kunlari Andijon shahrida 6 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi. Chempionat Farg‘ona vodiysidagi kasb-hunar ta’limi salohiyatini namoyish etdi.
Batafsil
WorldSkills Samarkand — 2025 (sentabr)
Samarqand · 7-sentabr, 2025 — 12-sentabr, 2025
«WorldSkills Samarqand — 2025» V Milliy kasblar chempionati 2025-yil 7–12-sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazildi. Chempionat doirasida «Quruq qurilish va suvoq ishlari» kompetensiyasi bo‘yicha WorldSkills standartlari asosidagi V Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, KNAUF kompaniyasi, WorldSkills Uzbekistan va Samarqand shahar 3-son politexnikumi hamkorligida tashkil etildi. Ishtirokchilar ekspertlar nazoratida quruq qurilish konstruksiyalarini montaj qilish va suvoq ishlari bo‘yicha amaliy modullarni bajardi. Chempionat g‘olibi (1-o‘rin) WorldSkills Asia Taipei 2025 xalqaro chempionatiga yo‘llanma oldi. Ushbu kompetensiya bo‘yicha Taipei 2025 da O‘zbekiston nomidan Nusratov Sobirjon Istam o‘g‘li qatnashdi. Ishtirokchilar, ekspertlar va sohani rivojlantirishga hissa qo‘shgan mutaxassislar tashkilotchilar va KNAUF kompaniyasining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Chempionat g‘oliblari 2025-yil 13-sentabrda e’lon qilindi.
Batafsil
Rail Vehicle Technology — 2025, Chanchun
Chanchun · 22-may, 2025 — 27-may, 2025
Rail Vehicle Technology Skill Competition — temir yo‘l harakat tarkibi texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro kasbiy mahorat musobaqasi. Musobaqa Xitoyning Chanchun shahrida o‘tkazildi va 2025-yil 27-may kuni yopilish marosimi bilan yakunlandi, natijalar rasman e’lon qilindi. O‘zbekiston sharafini Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilaridan iborat Uzbekidron jamoasi himoya qildi: • Nosirov Kodirjon Nodirjon o‘g‘li • Eshonkulov Sherbek Olim o‘g‘li Jamoa xalqaro mehmon jamoalar orasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va WorldSkills Shanghai 2026 jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari xalqaro maydonda ketma-ket ikkinchi bor 2-o‘rinni egallashdi. Xalqaro mehmon jamoalar natijalari: 1-o‘rin — Zambiya 2-o‘rin — O‘zbekiston 3-o‘rin — Malayziya va Qozog‘iston Xitoy jamoalari orasida 1- va 2-o‘rinlarni Changchun Digital Technology College vakillari egalladi. Musobaqada qatnashgan 40 ta jamoadan 25 tasi saralash bosqichidan o‘tdi: ulardan 21 tasi Xitoy, 4 tasi xalqaro mehmon jamoalar.
Batafsil
IEK elektriklar chempionati — 2025, Novosibirsk
Novosibirsk · 2-aprel, 2025 — 3-aprel, 2025
IEK ochiq elektriklar chempionati — elektr montaj yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun xalqaro kasbiy mahorat musobaqasi. Chempionatning hududlararo yarim final bosqichi 2025-yil 2–3-aprel kunlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazildi. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 1-son politexnikum o‘quvchisi Norkoziyev Saidumar Ulug‘murod o‘g‘li «Elektromontaj» kompetensiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. Bu — O‘zbekiston kasbiy ta’limi tarixida elektromontaj yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro maydonda qo‘lga kiritilgan ilk yutuq. G‘olib Skills Passport’ga qayd etilgan kumush medal (Silver Medal), xalqaro diplom, maxsus brend kiyim hamda zamonaviy ish asboblari to‘plami (toolbox) bilan taqdirlandi. «Bu bizning faxrimiz! Samarqand yoshlari xalqaro maydonlarda o‘z salohiyatini ko‘rsatmoqda!» — Nasimov Azizbek Azimovich, Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i. «Bu g‘alaba — ustozlar, murabbiylar va o‘z kasbini sevgan yoshlar yelkasidagi mehnat mevasi!» — Norkulov G‘ayrat Murodovich, Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
Batafsil
WorldSkills Samarkand — 2025 (yanvar)
Samarqand · 27-yanvar, 2025 — 4-fevral, 2025
WorldSkills Samarkand — 2025 hududiy chempionati 2025-yil 27-yanvardan 4-fevralgacha Samarqand shahrida o‘tkazildi. Chempionatda 5 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha bellashuv tashkil etilib, hududdagi kasb-hunar ta’limi muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Batafsil
WorldSkills Lyon 2024
Lion · 10-sentabr, 2024 — 15-sentabr, 2024
WorldSkills Lyon 2024 — 47-jahon kasbiy mahorat chempionati Fransiyaning Lion shahrida o‘tkazildi. O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kompetensiya bo‘yicha 2 nafar ishtirokchi bilan qatnashdi. Jahon chempionati WorldSkills harakatining eng yuqori bosqichi bo‘lib, unga faqat milliy saralashdan o‘tgan ishtirokchilar yo‘llanma oladi.
Batafsil
WorldSkills China — 2024
Xitoy · 24-avgust, 2024 — 26-avgust, 2024
WorldSkills China — 2024 xalqaro chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi. Musobaqa 2024-yil 24–26-avgust kunlari Xitoyda o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun xalqaro tajriba almashish maydoni bo‘ldi.
Batafsil
WorldSkills Uzbekistan — 2023 (dekabr)
Toshkent · 25-dekabr, 2023 — 29-dekabr, 2023
WorldSkills Uzbekistan — 2023 milliy chempionatining yakuniy, dekabr bosqichi 2023-yil 25–29-dekabr kunlari o‘tkazildi. Bosqich yil davomidagi saralash jarayonini yakunlab, terma jamoa tarkibini aniqlashga xizmat qildi.
Batafsil
WorldSkills Asia Abu Dhabi — 2023
Abu-Dabi · 24-noyabr, 2023 — 2-dekabr, 2023
WorldSkills Asia Abu Dhabi — 2023 xalqaro saralash chempionati 2023-yil 24–30-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tkazildi. O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta kasb — sartaroshlik, tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik, quruq qurilish va suvoq ishlari, mobil robototexnika hamda payvandlash texnologiyasi bo‘yicha qatnashdi. Jamoaga «Ishga marhamat» monomarkazlari, Sergeli tibbiyot texnikumi, «Knauf Gips Buxara» korxonasi, IT Park Uzbekistan va Toshkent kasb-hunar markazi vakillari kirdi. Natijada quruq qurilish yo‘nalishida 3-o‘rin va «Millat faxri» (Best of Nation) medali, payvandlash yo‘nalishida esa Mahorat medalloni qo‘lga kiritildi.
Batafsil
WorldSkills Uzbekistan — 2023 (oktabr)
Toshkent · 23-oktabr, 2023 — 28-oktabr, 2023
WorldSkills Uzbekistan — 2023 milliy chempionatining oktabr bosqichi 2023-yil 23–28-oktabr kunlari 4 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi. Ishtirokchilar WorldSkills standartlariga muvofiq tayyorlangan konkurs topshiriqlarini bajardi.
Batafsil
WorldSkills Uzbekistan — 2023 (sentabr)
Toshkent · 18-sentabr, 2023 — 23-sentabr, 2023
WorldSkills Uzbekistan — 2023 milliy chempionatining sentabr bosqichi 2023-yil 18–23-sentabr kunlari 4 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi. Bosqich milliy terma jamoani shakllantirishga qaratilgan saralash jarayonining bir qismi bo‘ldi.
Batafsil
WorldSkills Uzbekistan — 2023 (iyul)
Toshkent · 10-iyul, 2023 — 15-iyul, 2023
WorldSkills Uzbekistan — 2023 milliy chempionatining iyul bosqichi 2023-yil 10–15-iyul kunlari o‘tkazildi. Bosqich bitta kasb yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tarzda tashkil etilib, ishtirokchilarning amaliy ko‘nikmalari xalqaro baholash mezonlari asosida sinovdan o‘tkazildi.
Batafsil
WorldSkills Uzbekistan — 2023 (4-Milliy chempionat)
Toshkent · 15-may, 2023 — 19-may, 2023
Ishchi kasblar bo‘yicha 4-Milliy chempionat. G‘oliblar Abu-Dabida o‘tkazilgan xalqaro saralash bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.
BatafsilWorldSkills Bordeaux — 2022
Bordo · 14-oktabr, 2022 — 25-oktabr, 2022
WorldSkills Bordeaux — 2022 xalqaro chempionati Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkazildi. O‘zbekiston ishtirokchisi «Millat faxri» (Best of Nation) medali bilan taqdirlandi — bu mamlakat delegatsiyasi ichidagi eng yuqori natija egasiga beriladigan xalqaro e’tirof.
Batafsil
Eurasian Championship — 2022
· 14-avgust, 2022 — 13-sentabr, 2022
Yevroosiyo kasblar chempionati 2022-yil 8–12-sentabr kunlari Rossiyaning Moskva va Saransk shaharlarida o‘tkazildi. O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta kasb — estetik terapiya, tikuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik (2 ta ishtirokchi), payvandlash texnologiyasi va elektr montaji bo‘yicha qatnashdi. Ishtirokchilar Jizzax, Toshkent, Samarqand va Buxoro monomarkazlari hamda Toshkent shahridagi kasb-hunar markazi vakillari bo‘lib, yo‘nalishlarning barchasida 3-o‘rinni egallashdi.
BatafsilWorldSkills Uzbekistan — 2022
Toshkent · 28-mart, 2022 — 31-mart, 2022
WorldSkills Uzbekistan — 2022 milliy chempionati 2022-yil 28–31-mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi. Chempionatda 8 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha bellashuv tashkil etilib, hududiy saralash bosqichlaridan o‘tgan yosh mutaxassislar ishtirok etdi. Musobaqa natijalari asosida xalqaro chempionatlarga nomzodlar shakllantirildi.
BatafsilWorldSkills Uzbekistan — 2020
Toshkent · 30-oktabr, 2020 — 31-oktabr, 2020
Milliy chempionatning navbatdagi bosqichi. Ishtirokchilar mehmonxona administratsiyasi, sartaroshlik, oshpazlik, quruq qurilish va suvoq ishlari, elektr montaji hamda payvandlash texnologiyalari bo‘yicha bellashdi.
BatafsilUzbekistan Skills — 2019
Toshkent · 16-dekabr, 2019 — 17-dekabr, 2019
O‘zbekistonda WorldSkills standartlariga asoslangan birinchi ochiq chempionat. Yosh mutaxassislar 10 ta kompetensiya bo‘yicha mahoratini namoyish etdi: elektr montaji, santexnika va isitish, oshpazlik, mehmonxona administratsiyasi, restoran xizmati, biznes uchun dasturiy yechimlar, quruq qurilish va suvoq ishlari, sartaroshlik, moda texnologiyasi, payvandlash.
BatafsilWorldSkills Kazan 2019 — 45-jahon chempionati
Qozon · 22-avgust, 2019 — 27-avgust, 2019
63 davlatdan 1300 nafardan ortiq ishtirokchi 56 ta kompetensiya bo‘yicha bellashdi. O‘zbekiston uchun xalqaro harakatga kirish va tajriba o‘rganish bosqichi bo‘ldi.
Batafsil