WorldSkills Asia Abu Dhabi — 2023
Abu-Dabi
WorldSkills Asia24-noyabr, 2023 — 2-dekabr, 2023Millat faxri · 1Mahorat medalloni · 1

WorldSkills Asia Abu Dhabi — 2023 xalqaro saralash chempionati 2023-yil 24–30-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tkazildi. O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta kasb — sartaroshlik, tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik, quruq qurilish va suvoq ishlari, mobil robototexnika hamda payvandlash texnologiyasi bo‘yicha qatnashdi. Jamoaga «Ishga marhamat» monomarkazlari, Sergeli tibbiyot texnikumi, «Knauf Gips Buxara» korxonasi, IT Park Uzbekistan va Toshkent kasb-hunar markazi vakillari kirdi. Natijada quruq qurilish yo‘nalishida 3-o‘rin va «Millat faxri» (Best of Nation) medali, payvandlash yo‘nalishida esa Mahorat medalloni qo‘lga kiritildi.
- Yil
- 2023
- Turi
- WorldSkills Asia
- Shahar
- Abu-Dabi
- Kasblar
- 5
Natijalar
| Ishtirokchi | Kasblar | Natija |
|---|---|---|
Adizov Akobir Azamatovich XK “Knauf Gips Buxara”, Buxoro viloyati 29-IDUM | Quruq qurilish va suvoq ishlari | Millat faxri · 3 |
Fayzullayev Asliddin Abduraxim oʻgʻli Toshkent shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga o'qitish markazi | Payvandlash texnologiyalari | Mahorat medalloni · 4 |
Ismoiljonova Charosxon Ilxomjon qizi Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi | Tibbiy va ijtimoiy parvarish | 4 |
Salomov Alirizo Botirovich Buxoro monomarkaz | Sartaroshlik | 4 |
Matchanov Muxammad Oʻtkirbek oʻgʻliRahimjonov Azizbek Sharifjon oʻgʻli IT Park Uzbekistan | Mobil robototexnika | 5 |
Kasblar
Galereya
Boshqa chempionatlar
Chempionatda ishtirok etmoqchimisiz?
Kasbni tanlang va ariza topshiring — saralash hududiy bosqichlar orqali o‘tadi.




