Asosiy qismga o‘tish

WorldSkills Asia Taipei 2025

Taypey · Taipei Nangang Exhibition Center

WorldSkills Asia24-noyabr, 2025 — 2-dekabr, 2025Millat faxri · 1
«WorldSkills Asia Taipei 2025» xalqaro kasbiy mahorat chempionati 2025-yil 27–29-noyabr kunlari Xitoy Tayvani Respublikasining Taypey shahrida o‘tkazildi. Musobaqa har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha davom etdi. O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta yo‘nalish bo‘yicha qatnashdi: raqamli muhandislik (CAD), CNC tokarlik, avtokuzov ta’mirlash, elektronika, veb-texnologiyalar, elektr montaj ishlari, quruq qurilish va suvoq ishlari, bo‘yash va pardozlash (ko‘rgazmaviy kasb), kosmetologiya, avtomobil texnologiyalari, oshpazlik, avtomobil bo‘yash, sovutish va konditsioner tizimlari, grafik dizayn texnologiyasi, tibbiy va ijtimoiy parvarish hamda sanoat dizayni texnologiyasi. Chempionatda jami 29 ta davlat ishtirok etdi. Delegatsiya 24-noyabr kuni Toshkentdan uchib ketdi; 26-noyabr kuni ish o‘rinlari, zamonaviy texnik jihozlar va xavfsizlik talablari bilan tanishish hamda xalqaro standartlar asosidagi malaka oshirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘zbekistonning ishtirok hajmi 2023-yilga nisbatan uch baravar kengaydi. Tanlangan yo‘nalishlar eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot ehtiyojlariga mos bo‘lib, vakillarimiz Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA va Xitoy Taypeyi kabi Osiyo yetakchilari bilan teng raqobatlashdi. Ushbu ishtirok 2026-yilgi «WorldSkills Shanghai» jahon chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.
Yil
2025
Turi
WorldSkills Asia
Shahar
Taypey
Kasblar
16

Natijalar

IshtirokchiKasblarNatija
Abdusamadov Ikbolmirzo Abdusamad ugli
Shirin energetika texnikumi
Elektr montaj ishlariMillat faxri · 1
Alimov Javohir Botir ugli
Toshkent shahar kasbiy ko'nikmlalar mintaqaviy markazi
Avtokuzov ta’miri
Baratov Oybek Shavkat ugli
Samarqand shahri kasbiy ko'nikmalar markazi
Grafik dizayn
Davrenov Daurbek Komil ugli
Toshkent shahar kasbiy ko'nikmlalar mintaqaviy markazi
Payvandlash texnologiyalari
Egamov Alijon Pulot ugli
Shirin energetika texnikumi
Sovutish va konditsionerlash
Hasanova Mushtariy Akram kizi
Samarqand shahri kasbiy ko'nikmalar markazi
Oshpazlik
Khasanov Kuvonchbek Abdurasul ugli
Toshkent shahar kasbiy ko'nikmlalar mintaqaviy markazi
Avtomobil texnologiyalari
Khushmurodov Sulaymon Dadakhonovich
Toshkent shahar kasbiy ko'nikmlalar mintaqaviy markazi
Sanoat avtomatikasi
Kodirov Sanjar Shukhratovich
Toshkent shahar kasbiy ko'nikmlalar mintaqaviy markazi
CNC tokarlik
Kodirov Sarvar Shukhratovich
Toshkent shahar kasbiy ko'nikmlalar mintaqaviy markazi
Muhandislik grafikasi (CAD)
Nematova Saodatkhon Yodgorjon kizi
Paxtaobod tibbiyot texnikumi
Tibbiy va ijtimoiy parvarish
Nigmanov Amir Jamshidovich
Toshkent shahar kasbiy ko'nikmlalar mintaqaviy markazi
Veb-texnologiyalar
Nusratov Sobirjon Istam ugli
Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
Quruq qurilish va suvoq ishlari
Reypnazarov Mukhammeddin Karamatovich
Toshkent shahar kasbiy ko'nikmlalar mintaqaviy markazi
Avtomobil bo‘yash
Salimova Gulmira Avaz kizi
Jizzax shahri kasbiy ko'nikmalar markazi
Kosmetologiya
Yuldoshev Ismoil Dilshod ugli
Toshkent shahar kasbiy ko'nikmlalar mintaqaviy markazi
Elektronika

Kasblar

Galereya

Boshqa chempionatlar

Chempionatda ishtirok etmoqchimisiz?

Kasbni tanlang va ariza topshiring — saralash hududiy bosqichlar orqali o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish