Rail Vehicle Technology — 2025, Chanchun
Chanchun · Changchun Digital Technology College
Xalqaro22-may, 2025 — 27-may, 2025Kumush medal · 2

Rail Vehicle Technology Skill Competition — temir yo‘l harakat tarkibi texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro kasbiy mahorat musobaqasi. Musobaqa Xitoyning Chanchun shahrida o‘tkazildi va 2025-yil 27-may kuni yopilish marosimi bilan yakunlandi, natijalar rasman e’lon qilindi.
O‘zbekiston sharafini Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilaridan iborat Uzbekidron jamoasi himoya qildi:
• Nosirov Kodirjon Nodirjon o‘g‘li
• Eshonkulov Sherbek Olim o‘g‘li
Jamoa xalqaro mehmon jamoalar orasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va WorldSkills Shanghai 2026 jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari xalqaro maydonda ketma-ket ikkinchi bor 2-o‘rinni egallashdi.
Xalqaro mehmon jamoalar natijalari:
1-o‘rin — Zambiya
2-o‘rin — O‘zbekiston
3-o‘rin — Malayziya va Qozog‘iston
Xitoy jamoalari orasida 1- va 2-o‘rinlarni Changchun Digital Technology College vakillari egalladi. Musobaqada qatnashgan 40 ta jamoadan 25 tasi saralash bosqichidan o‘tdi: ulardan 21 tasi Xitoy, 4 tasi xalqaro mehmon jamoalar.
- Yil
- 2025
- Turi
- Xalqaro
- Shahar
- Chanchun
- Kasblar
- 1
Natijalar
| Ishtirokchi | Kasblar | Natija |
|---|---|---|
Eshonkulov Sherbek Olim o‘g‘li Samarqand | Temir yo‘l harakat tarkibi texnologiyasi | Kumush medal · 2 |
Nosirov Kodirjon Nodirjon o‘g‘li Samarqand | Temir yo‘l harakat tarkibi texnologiyasi | Kumush medal · 2 |
Kasblar
Galereya
Boshqa chempionatlar
Chempionatda ishtirok etmoqchimisiz?
Kasbni tanlang va ariza topshiring — saralash hududiy bosqichlar orqali o‘tadi.



