Xalqaro2026
WorldSkills Shanghai — 2026
Shanxay · 22-sentabr, 2026 — 27-sentabr, 2026
WorldSkills Shanghai 2026 — 48-jahon kasbiy mahorat chempionati 2026-yil 22–27-sentabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkaziladi. Bu WorldSkills International tizimidagi eng yirik musobaqa bo‘lib, unda dunyoning 85 dan ortiq davlatidan yosh mutaxassislar ishtirok etadi.
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur chempionatga 16 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tayyorgarlik jarayoni bosqichma-bosqich olib borilmoqda: hududiy va milliy chempionatlar orqali nomzodlar saralanadi, ular uchun maxsus trening dasturlari tashkil etiladi, ekspertlar xalqaro baholash tizimi bo‘yicha malaka oshiradi.
Musobaqada ishtirok etish O‘zbekiston uchun kasbiy ta’lim sifatini xalqaro mezonlar bilan solishtirish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish va yosh mutaxassislarni global mehnat bozoriga tayyorlash imkonini beradi.
Batafsil