Chempionatlar
Milliy va xalqaro kasbiy mahorat chempionatlari.

WorldSkills Aichi — 2028
Aichi · 15-noyabr, 2028 — 20-noyabr, 2028
WorldSkills Aichi 2028 — navbatdagi jahon kasbiy mahorat chempionati 2028-yil 15–20-noyabr kunlari Yaponiyaning Aichi prefekturasida o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Chempionatga tayyorgarlik uzoq muddatli dastur asosida olib boriladi.
Batafsil
WorldSkills Shanghai — 2026
Shanxay · 22-sentabr, 2026 — 27-sentabr, 2026
WorldSkills Shanghai 2026 — 48-jahon kasbiy mahorat chempionati 2026-yil 22–27-sentabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkaziladi. Bu WorldSkills International tizimidagi eng yirik musobaqa bo‘lib, unda dunyoning 85 dan ortiq davlatidan yosh mutaxassislar ishtirok etadi. Chempionat dasturi 64 ta kasbni o‘z ichiga oladi. WorldSkills qoidalariga ko‘ra 51 ta kasbda ishtirokchi musobaqa yilida 22 yoshdan, 13 ta kasbda esa 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak. 57 ta kasbda bitta davlatdan bir nafar, 7 ta kasbda esa ikki nafardan iborat jamoa qatnashadi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur chempionatga 16 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tayyorgarlik jarayoni bosqichma-bosqich olib borilmoqda: hududiy va milliy chempionatlar orqali nomzodlar saralanadi, ular uchun maxsus trening dasturlari tashkil etiladi, ekspertlar xalqaro baholash tizimi bo‘yicha malaka oshiradi. Musobaqada ishtirok etish O‘zbekiston uchun kasbiy ta’lim sifatini xalqaro mezonlar bilan solishtirish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish va yosh mutaxassislarni global mehnat bozoriga tayyorlash imkonini beradi.
Batafsil
TurkicSkills — 2025
Aqtau · 4-oktabr, 2025 — 9-oktabr, 2025
TurkicSkills — turkiy davlatlar o‘rtasidagi kasbiy mahorat chempionati. Birinchi TurkicSkills-2025 xalqaro chempionati 2025-yil 4–9-oktabr kunlari Qozog‘istonning Aqtau shahrida o‘tkazildi. O‘zbekistondan 9 nafar ishtirokchi — Samarqand viloyatidan 6, Buxoro viloyatidan 2 va Farg‘ona viloyatidan 1 nafar vakil qatnashdi. Terma jamoa 2-o‘rin va Mahorat medalloni (Medallion for Excellence) bilan qaytdi. Payvandlash (Welding) yo‘nalishida Xoliqulov Javohir Abdullayevich 2-o‘rinni egalladi. To‘qqiz kasbiy yo‘nalish bo‘yicha bellashuvlarda u O‘zbekiston nomidan sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan birinchi ishtirokchi bo‘ldi. Chempionat turkiy tilli davlatlarning kasb-hunar ta’limi tizimlarini yaqinlashtirish va umumiy malaka talablarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Batafsil
Rail Vehicle Technology — 2025, Chanchun
Chanchun · 22-may, 2025 — 27-may, 2025
Rail Vehicle Technology Skill Competition — temir yo‘l harakat tarkibi texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro kasbiy mahorat musobaqasi. Musobaqa Xitoyning Chanchun shahrida o‘tkazildi va 2025-yil 27-may kuni yopilish marosimi bilan yakunlandi, natijalar rasman e’lon qilindi. O‘zbekiston sharafini Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilaridan iborat Uzbekidron jamoasi himoya qildi: • Nosirov Kodirjon Nodirjon o‘g‘li • Eshonkulov Sherbek Olim o‘g‘li Jamoa xalqaro mehmon jamoalar orasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va WorldSkills Shanghai 2026 jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari xalqaro maydonda ketma-ket ikkinchi bor 2-o‘rinni egallashdi. Xalqaro mehmon jamoalar natijalari: 1-o‘rin — Zambiya 2-o‘rin — O‘zbekiston 3-o‘rin — Malayziya va Qozog‘iston Xitoy jamoalari orasida 1- va 2-o‘rinlarni Changchun Digital Technology College vakillari egalladi. Musobaqada qatnashgan 40 ta jamoadan 25 tasi saralash bosqichidan o‘tdi: ulardan 21 tasi Xitoy, 4 tasi xalqaro mehmon jamoalar.
Batafsil
IEK elektriklar chempionati — 2025, Novosibirsk
Novosibirsk · 2-aprel, 2025 — 3-aprel, 2025
IEK ochiq elektriklar chempionati — elektr montaj yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun xalqaro kasbiy mahorat musobaqasi. Chempionatning hududlararo yarim final bosqichi 2025-yil 2–3-aprel kunlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazildi. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 1-son politexnikum o‘quvchisi Norkoziyev Saidumar Ulug‘murod o‘g‘li «Elektromontaj» kompetensiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. Bu — O‘zbekiston kasbiy ta’limi tarixida elektromontaj yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro maydonda qo‘lga kiritilgan ilk yutuq. G‘olib Skills Passport’ga qayd etilgan kumush medal (Silver Medal), xalqaro diplom, maxsus brend kiyim hamda zamonaviy ish asboblari to‘plami (toolbox) bilan taqdirlandi. «Bu bizning faxrimiz! Samarqand yoshlari xalqaro maydonlarda o‘z salohiyatini ko‘rsatmoqda!» — Nasimov Azizbek Azimovich, Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i. «Bu g‘alaba — ustozlar, murabbiylar va o‘z kasbini sevgan yoshlar yelkasidagi mehnat mevasi!» — Norkulov G‘ayrat Murodovich, Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
Batafsil
WorldSkills Lyon 2024
Lion · 10-sentabr, 2024 — 15-sentabr, 2024
WorldSkills Lyon 2024 — 47-jahon kasbiy mahorat chempionati Fransiyaning Lion shahrida o‘tkazildi. O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kompetensiya bo‘yicha 2 nafar ishtirokchi bilan qatnashdi. Jahon chempionati WorldSkills harakatining eng yuqori bosqichi bo‘lib, unga faqat milliy saralashdan o‘tgan ishtirokchilar yo‘llanma oladi.
Batafsil
WorldSkills China — 2024
Xitoy · 24-avgust, 2024 — 26-avgust, 2024
WorldSkills China — 2024 xalqaro chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi. Musobaqa 2024-yil 24–26-avgust kunlari Xitoyda o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun xalqaro tajriba almashish maydoni bo‘ldi.
BatafsilWorldSkills Bordeaux — 2022
Bordo · 14-oktabr, 2022 — 25-oktabr, 2022
WorldSkills Bordeaux — 2022 xalqaro chempionati Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkazildi. O‘zbekiston ishtirokchisi «Millat faxri» (Best of Nation) medali bilan taqdirlandi — bu mamlakat delegatsiyasi ichidagi eng yuqori natija egasiga beriladigan xalqaro e’tirof.
Batafsil
Eurasian Championship — 2022
· 14-avgust, 2022 — 13-sentabr, 2022
Yevroosiyo kasblar chempionati 2022-yil 8–12-sentabr kunlari Rossiyaning Moskva va Saransk shaharlarida o‘tkazildi. O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta kasb — estetik terapiya, tikuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik (2 ta ishtirokchi), payvandlash texnologiyasi va elektr montaji bo‘yicha qatnashdi. Ishtirokchilar Jizzax, Toshkent, Samarqand va Buxoro monomarkazlari hamda Toshkent shahridagi kasb-hunar markazi vakillari bo‘lib, yo‘nalishlarning barchasida 3-o‘rinni egallashdi.
BatafsilWorldSkills Kazan 2019 — 45-jahon chempionati
Qozon · 22-avgust, 2019 — 27-avgust, 2019
63 davlatdan 1300 nafardan ortiq ishtirokchi 56 ta kompetensiya bo‘yicha bellashdi. O‘zbekiston uchun xalqaro harakatga kirish va tajriba o‘rganish bosqichi bo‘ldi.
Batafsil