WorldSkills Samarkand — 2025 (sentabr)
Samarqand · Samarqand shahar 3-son politexnikumi
Milliy7-sentabr, 2025 — 12-sentabr, 2025

«WorldSkills Samarqand — 2025» V Milliy kasblar chempionati 2025-yil 7–12-sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazildi. Chempionat doirasida «Quruq qurilish va suvoq ishlari» kompetensiyasi bo‘yicha WorldSkills standartlari asosidagi V Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, KNAUF kompaniyasi, WorldSkills Uzbekistan va Samarqand shahar 3-son politexnikumi hamkorligida tashkil etildi. Ishtirokchilar ekspertlar nazoratida quruq qurilish konstruksiyalarini montaj qilish va suvoq ishlari bo‘yicha amaliy modullarni bajardi.
Chempionat g‘olibi (1-o‘rin) WorldSkills Asia Taipei 2025 xalqaro chempionatiga yo‘llanma oldi. Ushbu kompetensiya bo‘yicha Taipei 2025 da O‘zbekiston nomidan Nusratov Sobirjon Istam o‘g‘li qatnashdi.
Ishtirokchilar, ekspertlar va sohani rivojlantirishga hissa qo‘shgan mutaxassislar tashkilotchilar va KNAUF kompaniyasining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Chempionat g‘oliblari 2025-yil 13-sentabrda e’lon qilindi.
- Yil
- 2025
- Turi
- Milliy
- Shahar
- Samarqand
- Kasblar
- 1
Kasblar
Galereya
Boshqa chempionatlar
Chempionatda ishtirok etmoqchimisiz?
Kasbni tanlang va ariza topshiring — saralash hududiy bosqichlar orqali o‘tadi.



