Asosiy qismga o‘tish
·Xalqaro yangiliklar

Pearson va WorldSkills Uzbekistan hamkorlikning yangi yo'nalishlari muhokama qilindi

WorldSkills Shanghai 2026 doirasida Pearson vakillari bilan O‘zbekistonda professional ta’limni rivojlantirish va WorldSkills Uzbekistan bilan kelgusidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomonidan uchrashuvda Urol Omanov Sherqobul o‘g‘li — Surxondaryo viloyati Termiz shahar 2-son texnikumi direktori hamda Dadaxon Xushmurodov — WorldSkills Uzbekistan Texnik delegati ishtirok etdi.

Pearson tomonidan Jane Baker — Vice President, Enterprise Learning & Skills hamda Annabel Lawday — Senior Strategic Lead, Stakeholder Engagement, Enterprise Learning & Skills ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki asosiy yo‘nalish muhokama qilindi: birinchisi — Pearson dasturlarining O‘zbekistondagi bugungi rivoji, ikkinchisi — WorldSkills Uzbekistan va Pearson hamkorligini kengaytirish.

Davlat siyosatining huquqiy asosi bo‘lgan Prezidentning 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoni bilan 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 14 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish belgilangan.

Bugungi natija:

PF-158 → 14 ta texnikum → Pearson dasturlari → 1 552 nafar o‘quvchi → 8 ta kvalifikatsiya → 16 ta kasb va mutaxassislik.

Uchrashuv davomida kelgusida Pearson dasturlari joriy etilgan texnikumlar o‘quvchilarini WorldSkills kasblar chempionatlariga jalb qilish, ularni milliy chempionatlarga tayyorlash va eng kuchli yoshlarni xalqaro maydonga olib chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh darhol saytda chiqadi. Hurmat bilan yozing — haqoratli izohlar o‘chiriladi.

Hali izoh yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.

So‘nggi yangiliklar