WorldSkills Aichi 2028: Yaponiyaga 2 marta borish va jahon sahnasida O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyati!
WorldSkills General Assembly doirasida WorldSkills Aichi 2028 bo‘yicha navbatdagi muhim yangilanishlar taqdim etildi va rasmiy tayyorgarlik bosqichi boshlandi.
Chempionat mavzusi va formati:
• Mavzu: “Linking Skills for a Sustainable Future” — “Barqaror kelajak uchun mahoratlarni birlashtirish”.
• Tashkilotchilar chempionatni “Compact but Impactful” (ixcham, ammo yuqori ta’sirga ega) formatda o‘tkazish va yangi tashkiliy modelni shakllantirishni maqsad qilgan.
Infratuzilma va tashkiliy tuzilma:
• Doimiy chempionat maydoni: 60 000 m²
• Vaqtinchalik chempionat maydoni: 30 000 m²
• Boshqa funksional hududlar: 11 000 m²
• Texnik yo‘nalishda 8 nafar WSM (WorldSkills Manager) va 60 nafar Workshop Manager faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi va ishtirokchilari uchun Yaponiyaga 2 ta muhim safar:
1-safar — CIW (Competition Information Workshop):
📅 2027-yil 20–23-aprel | 📍 Aichi Sky Expo, Yaponiya Asosiy chempionat oldidan o‘tkaziladigan tayyorgarlik haftaligida ishtirok etib, Yaponiya infratuzilmasi, texnik talablar va bo‘lajak musobaqa maydoni bilan bevosita tanishasiz.
2-safar — WorldSkills Aichi 2028 Jahon
Chempionati:
📅 2028-yil | 📍 Aichi, Yaponiya Dunyoning eng kuchli mutaxassislari bilan bellashib, xalqaro tajriba orttirasiz hamda mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarasiz!
WorldSkills Uzbekistan jamoasiga qo‘shiling! Biz 2028-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlikni bugundan boshlamoqdamiz. Agar siz o‘z sohasi bo‘yicha yuqori mahoratga ega ishtirokchi yoki xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlay oladigan ekspert bo‘lsangiz — bizga xabar bering!
📩 Arizalar va bog‘lanish uchun: 📧 Email: dadaxon45@gmail.com 📞 Tel: +998 93 340 40 80
Izohlar
Izoh darhol saytda chiqadi. Hurmat bilan yozing — haqoratli izohlar o‘chiriladi.
Hali izoh yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.



