Asosiy qismga o‘tish

WORLDSKILLS UZBEKISTAN: 2019–2026-YILLARDA SHAKLLANISHI VA KASBIY TA’LIM TIZIMINING TRANSFORMATSIYASI

7 yil — kasbiy mahorat, xalqaro standartlar va yangi imkoniyatlar sari! 2019–2026-yillar O‘zbekistonda kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish, ishchi kasblar nufuzini oshirish hamda kasbiy kompetensiyalarni xalqaro standartlar asosida rivojlantirishning muhim davri bo‘ldi.

ASOSIY HUQUQIY ASOSLAR VA MUHIM SANALAR

17.01.2019 | PF-5635-son Farmon (139–140-bandlar)

WorldSkills Uzbekistan tashkil etilishining dastlabki huquqiy asoslari belgilandi.

13.05.2019 | VMQ-394-son qaror (10–11-bandlar)

WorldSkills Uzbekistan faoliyatini tashkil etish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari belgilandi.

24.08.2019 | Qozon, Rossiya

WorldSkills Russia bilan xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

06.09.2019 | PF-5812-son Farmon

Professional ta’limning uch pog‘onali tizimi — kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar faoliyatining huquqiy asoslari yaratildi.

17.01.2020 | Xalqaro a’zolik

O‘zbekiston WorldSkills International tashkilotining 83-a’zosi bo‘ldi.

11.08.2020 | PQ-4804-son qaror

«Ishga marhamat» monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari tizimini rivojlantirish, bitiruvchilar malakasini WorldSkills standartlari asosida baholash va Skills Passport berish belgilandi.

06.11.2020 | PF-6108-son Farmon (16-band)

Professional ta’limda WorldSkills standartlari asosida kasbiy malakani baholash va kasbiy mahorat musobaqalarini tashkil etish yo‘nalishlari belgilandi.

05.04.2021 | VMQ-183-son qaror (Nizomning 30-bandi)

SKILLS PASSPORT — KASBIY MAHORAT PASPORTI

«Ishga marhamat» monomarkazlari bitiruvchilarining kasbiy malakasini WorldSkills standartlari asosida baholash hamda baholashdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills Passport berish belgilandi.

08.06.2021 | PQ-5140-son qaror

Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari tarmog‘ini kengaytirish choralari belgilandi.

28.01.2022 | PF-60-son Farmon (Davlat dasturining 198-bandi)

16 ta «Ishga marhamat» monomarkazi va 59 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi imkoniyatlaridan foydalangan holda ishsiz fuqarolarni kasblar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish vazifasi belgilandi.

16.10.2024 | PF-158-son Farmon

Texnikumlarni yagona boshqaruv tizimiga birlashtirish va kasbiy ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi.

23.10.2025 | PF-190-son Farmon (4–5-ilovalar)

Yagona «Texnikum» modeliga o‘tish, kasbiy ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish hamda Kasbiy ta’lim agentligini tashkil etish belgilandi.

KASBIY TA’LIM TIZIMINING TRANSFORMATSIYASI (2019–2025)

06.09.2019-yildagi PF-5812-son Farmon asosida professional ta’limning uch pog‘onali tizimi shakllantirildi.

Professional ta’lim muassasalari:

340 ta kasb-hunar maktabi — 3-daraja (boshlang‘ich professional ta’lim);

147 ta kollej — 4-daraja (o‘rta professional ta’lim);

143 ta texnikum — 5-daraja (o‘rta maxsus professional ta’lim).

Jami: 640 ta professional ta’lim muassasasi.

Ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimi:

«Ishga marhamat» monomarkazlari (16 ta)

Kasb-hunarga o‘qitish markazlari (59 ta)

Mahallalarda kasb-hunarga o‘qitish maskanlari (136 ta — 2021-yilda qayd etilgan)

KOICA kasb-hunarga o‘qitish markazlari (5 ta)

2025-YILDAN — YAGONA «TEXNIKUM» MODELI

📜 23.10.2025-yildagi PF-190-son Farmon asosida:

🔹 3-daraja — boshlang‘ich kasbiy ta’lim;

🔹 4-daraja — o‘rta kasbiy ta’lim;

🔹 5-daraja — o‘rta maxsus kasbiy ta’lim;

🔹 Ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar uchun qisqa muddatli kasbga o‘qitish dasturlari.

WORLDSKILLS UZBEKISTAN — MILLIY OPERATOR

Izohlar

Izoh darhol saytda chiqadi. Hurmat bilan yozing — haqoratli izohlar o‘chiriladi.

Hali izoh yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.

So‘nggi yangiliklar