O‘zbekiston WorldSkills Asia Taipei 2025 da 16 ta yo‘nalishda ishtirok etdi
Terma jamoamiz Taypey shahrida o‘tkazilgan xalqaro chempionatda Millat faxri medalini qo‘lga kiritdi.

2025-yil 24-noyabrdan 2-dekabrgacha Xitoy Tayvan Respublikasining Taypey shahrida "WorldSkills Asia Taipei 2025" xalqaro kasbiy mahorat chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi mazkur musobaqada 16 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etdi. Musobaqa har kuni soat 09:00 da boshlanib, 18:00 da yakunlandi.
26-noyabr kuni delegatsiya a’zolari musobaqa o‘tkaziladigan ish o‘rinlari, zamonaviy texnik jihozlar va xavfsizlik talablari bilan tanishdi, shuningdek xalqaro standartlar asosida malaka oshirish mashg‘ulotlarida qatnashdi.
Chempionat natijasida O‘zbekiston terma jamoasi Millat faxri medali (Best of Nation) bilan taqdirlandi.



