Milliy malaka tizimini rivojlantiriş institutida Işçi kasblarni rivojlantiriş va ommalaştiriş assotsiatsiyasi — “WorldSkills Uzbekistan” vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Milliy malaka tizimini rivojlantiriş institutida Işçi kasblarni rivojlantiriş va ommalaştiriş assotsiatsiyasi — “WorldSkills Uzbekistan” vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv yakunida tomonlar örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumning asosiy maqsadi malakalarni mustaqil baholaş tizimini takomillaştiriş, malakani baholaş markazlari bilan hamkorlikni kengaytiriş hamda WorldSkills kasbiy standartlari va ilğor xalqaro tajribalarni milliy malaka tizimiga joriy etişdan iborat.
Uçraşuv davomida kasbiy malakalarni baholaş sifatini oşiriş, xalqaro standartlar asosida kasbiy imtihonlarni taşkil etiş, baholaş vositalari va mezonlarini işlab çiqiş, şuningdek, baholovçi ekspertlarning kasbiy salohiyatini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Imzolangan memorandum doirasida quyidagi xalqaro tajribalarni örganiş hamda amaliyotga tatbiq etiş közda tutilgan:
🔹 Malakalarni mustaqil baholaş tizimini takomillaştiriş;
🔹 WorldSkills kasbiy standartlarini joriy etiş;
🔹 Amaliy imtihon infratuzilmasini rivojlantiriş;
🔹 Baholaş vositalari va mezonlarini işlab çiqiş;
🔹 Ekspertlar salohiyatini oşiriş;
🔹 Baholaş jarayonlarini raqamlaştiriş.
Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti Axborot xizmati



