Abu-Dabida o‘tkazilgan WorldSkills Asia 2023 da ikki medal
4-Milliy chempionat g‘oliblari xalqaro saralash bosqichida ishtirok etib, medallion va Millat faxri medalini qo‘lga kiritdi.

"WorldSkills Uzbekistan-2023" — ishchi kasblar bo‘yicha 4-Milliy chempionati g‘oliblari Abu-Dabida o‘tkazilgan saralash bosqichiga yetib borishdi.
Chempionatda O‘zbekiston 5 ta kasb bo‘yicha ishtirok etdi va ikki natija bilan qaytdi: 1 ta medallion (4-o‘rin) va 1 ta Millat faxri medali (Best of Nation).



