Парикмахерское искусство
Стрижка, укладка и окрашивание.

Sartaroshlik chempionatida usta bir necha soat ichida butunlay boshqa obraz yaratadi: soch kesish, bo‘yash, terish va erkaklar sartaroshligi — har biri alohida modul.
Ish jonli modelda bajariladi, ya’ni xato tuzatib bo‘lmaydi. Ishtirokchi oldindan eskiz tayyorlaydi, mijoz bilan muloqot qiladi, rangni qo‘lda aralashtiradi va natijani belgilangan vaqt ichida yakunlaydi. Ba’zi modullarda fantaziya uslubi beriladi — o‘sha yerda ijodkorlik va texnika birga baholanadi.
O‘zbekiston bu yo‘nalishda bir necha bor xalqaro sahnaga chiqqan: 2022-yilgi Yevroosiyo chempionatida ikki nafar ishtirokchi 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Требования к участникам
Soch turi va holatini aniqlash, rang nazariyasi va oksidlovchi foizini to‘g‘ri hisoblash, tuzatuvchi bo‘yash mantig‘ini bilish.
Kesishning barcha asosiy texnikalari: gradatsiya, slayslash, mashinka bilan fade, ustara bilan ishlash.
Sanitariya: asbobni dezinfeksiya qilish, bir martalik materialdan foydalanish, model terisini himoya qilish. Bu qism alohida va qat’iy baholanadi.
Необходимое оборудование
Kesish uchun: to‘g‘ri va filirlovchi qaychi, mashinka va trimmer nasadkalari, ustara, turli chastotali taroqlar.
Bo‘yash uchun: tarozi, o‘lchov idishlari, folga va termokagoz, bo‘yoq cho‘tkalari, oksidlovchining turli foizlari.
Terish uchun: fen va difuzor, turli diametrdagi plyoyka va utyuglar, bigudi, lak va stayling vositalari; dezinfeksiya eritmasi va bir martalik yoqalar.
Критерии оценки
Ekspert bahosi ustun: shaklning muvozanati, kesish chizig‘ining tozaligi, rangning bir tekisligi va chegaralarining ko‘rinmasligi, terimning turg‘unligi.
O‘lchov qismi: uzunlik va simmetriya nazorati, belgilangan texnikaning bajarilgani, vaqtga rioya.
Sanitariya va xavfsizlik alohida ballanadi; model terisiga bo‘yoq tushishi yoki asbobning tozalanmagani darhol ball yo‘qotishga olib keladi.
Экспертам
Achilova Nozima Mubinovna
Главный эксперт
