WorldSkills Uzbekistan: Tikuvçilik yönalişida yangi tarixiy davr boşlanmoqda!

2026-yil 21-oktabr kuni WorldSkills Uzbekistan hamda Singapurlik xalqaro WorldSkills eksperti Dr. Lee Kyung Mi örtasida onlayn uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda Özbekistonda Fashion Technology (Tikuvçilik texnologiyasi) kasbini xalqaro WorldSkills standartlari asosida rivojlantirişga qaratilgan 2026–2030-yillarga möljallangan dastur loyihasi muhokama qilindi.
Asosiy maqsad
Özbekistonda xalqaro darajadagi tikuvçilik maktabini şakllantiriş, yoşlar va ekspertlarni tayyorlaş hamda xalqaro kasblar çempionatlarida munosib iştirok etiş.
Hamkorlikning ustuvor yönalişlari
WorldSkills Asia 2027 — Osiyo kasblar çempionatida iştirok etiş uçun yoşlar va ekspertlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlaş.
WorldSkills Aichi 2028 (Yaponiya) — jahon kasblar çempionatida iştirok etişga qaratilgan tizimli tayyorgarlikni taşkil etiş.
WorldSkills 2030 — uzoq muddatli tayyorgarlik tizimini rivojlantiriş va xalqaro natijalarni yaxşilaş.
Xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik — Singapur va Koreya mutaxassislari iştirokida mahalliy trenerlar hamda ekspertlarning kasbiy mahoratini oşiriş.
Samarqandda xalqaro standartlarga mos markaz taşkil etiş — dastlabki bosqiçda Samarqand kasbiy malakani baholaş markazini (sobiq Kasbiy könikmalar markazi — Samarqand şahar «Monomarkaz»i) Fashion Technology kasbi böyiça WorldSkills standartlari asosida akkreditatsiyadan ötgan ixtisoslaştirilgan markazga aylantiriş kutilmoqda. Mazkur markazda xalqaro standartlarga mos öquv-amaliy muhitni şakllantiriş, zamonaviy jihozlardan foydalaniş, yoşlarni xalqaro çempionatlarga tayyorlaş, ularning kasbiy mahoratini baholaş hamda mahalliy ekspertlar salohiyatini rivojlantiriş közda tutilmoqda.
Sanoat bilan hamkorlik — tikuvçilik va töqimaçilik korxonalari bilan hamkorlikda xalqaro talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş.
Dastur doirasida Dr. Lee Kyung Mi strategik rivojlaniş, koreyalik mutaxassis Park Young Ja esa amaliy texnik tayyorgarlik böyiça hamkorlikka taklif etilmoqda.
Samarqanddan xalqaro maydonga!
WorldSkills Asia 2027 → WorldSkills Aichi 2028 → WorldSkills 2030
Hurmatli tikuvçilik kasbi ustozlari!
Siz bunday tarixiy jarayonda iştirok etişga tayyormisiz?
Bugun siz uçun nafaqat Özbekistonda, balki xalqaro maydonda ham öz mahoratingizni namoyon etiş, xorijiy ekspertlar bilan işlaş, yangi bilimlarni egallaş va xalqaro ekspert darajasiga kötariliş imkoniyatlari paydo bölmoqda!
Последние новости

2026 K-STAR — Международная программа повышения квалификации для руководящих кадров в Республике Корея

Milliy malaka tizimini rivojlantiriş institutida Işçi kasblarni rivojlantiriş va ommalaştiriş assotsiatsiyasi — “WorldSkills Uzbekistan” vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

