WORLDSKILLS ASIA 2027 — XALQARO KASBIY MAHORAT CHEMPIONATIDA ISHTIROK ETING!
Osiyoning eng nufuzli kasbiy mahorat chempionatida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyati sizni kutmoqda. WorldSkills Uzbekistan WorldSkills Asia 2027 chempionati uchun O‘zbekiston delegatsiyasiga dastlabki arizalarni qabul qilmoqda. Taklif ekspertlar, yosh kasb egalari va kuzatuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Qaysi kasb bo‘yicha kuch sinashni xohlaysiz?
Chempionatda 6 ta soha bo‘yicha jami 46 ta kasb taqdim etiladi:
Official Skills: 40 ta kasb, ishtirokchilar yoshi 18–22
Junior Skills: 6 ta kasb, ishtirokchilar yoshi 10–16
Ariza qanday topshiriladi?
Ekspertlar o‘zlari va tayyorlayotgan bitta ishtirokchisi uchun bitta elektron ariza to‘ldirishlari mumkin. Kuzatuvchilar uchun alohida ariza yo‘nalishi mavjud.
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2026-yil 1-noyabr.
Elektron anketani to‘ldirish →
Bilishingiz kerak bo‘lgan asosiy shartlar
Xarajat: bir kishi uchun taxminan 3 500 AQSH dollari. Yakuniy summa va to‘lov shartlari alohida aniqlashtiriladi.
Muloqot tili: ingliz tili.
Safar davomiyligi: taxminan 7–9 kun.
O‘tkazilish joyi: chempionat Hindistonda o‘tkazilishi ehtimoli bor. Aniq manzil va sanalar rasmiy tasdiqlanishi kerak.
Muhim: anketani to‘ldirish chempionatda qatnashishni kafolatlamaydi. Nomzodlar, moliyalashtirish va ishtirok shartlari keyingi bosqichda ko‘rib chiqiladi.
Batafsil ma’lumot
Savollaringiz bo‘lsa bizga murojaat qoldiring.
WorldSkills Uzbekistan — kasbiy mahorat orqali xalqaro imkoniyatlar sari!
Комментарии
Комментарий появится сразу. Пишите уважительно — оскорбления удаляются.
Комментариев пока нет. Будьте первым.



