К содержимому
·Объявления

VAUÇER ASOSIDA ÖQIŞ: QANDAY RÖYXATDAN ÖTIŞ MUMKIN?

WorldSkills Uzbekistan Telegram kanalida vauçer asosida kasb örganiş tartibi yuzasidan köplab savollar kelib tuşmoqda.

Ayniqsa, qayerga murojaat qiliş, yoş çegarasi, öqiş xarajatlari va ta’lim taşkilotini tanlaş masalalari fuqarolarni qiziqtirmoqda.

Quyida öqişga yoziliş tartibini tuşuntiramiz.

1-QADAM. MUROJAAT QILIŞ

Vauçer tizimi böyiça elektron murojaat qiliş va ma’lumot oliş uçun:

Telegram bot:

https://t.me/Vauçer_MurojaatBot

Vauçer tizimi:

https://ecosys.mehnat.uz

Kasbiy ta’lim platformasi:

https://sertifikat.mehnat.uz

Şuningdek, yaşaş hududingizdagi tuman (şahar) bandlik bölimiga murojaat qilişingiz mumkin.

2-QADAM. ARIZANI KÖRIB ÇIQIŞ

Vakolatli organ tomonidan murojaat etuvçining ma’lumotlari va vauçer oliş huquqi belgilangan mezonlar asosida tekşiriladi.

3-QADAM. TA’LIM TAŞKILOTINI TANLAŞ

Vauçer ajratilganidan söng elektron reyestrdagi mavjud kasb yönalişlari va ta’lim taşkilotlari orasidan özingizga mosini tanlaysiz.

4-QADAM. KASBIY TA’LIMNI BOŞLAŞ

Tanlangan öquv kursida nazariy bilimlar va amaliy könikmalarni egallaysiz.

ENG KÖP BERILAYOTGAN SAVOLLAR

Yoş çegarasi bormi?

Barça talabgorlar uçun yagona yuqori yoş çegarasi belgilanmagan. Vauçer oliş uçun dastur talablariga mos keliş zarur.

Öqiş uçun pul tölanadimi?

Vauçer ajratilgan taqdirda, öqiş xarajatlari belgilangan tartibda davlat mablağlari hisobidan qoplanadi.

Texnikumda ham öqiş mumkinmi?

Ha. Vauçer tizimining elektron reyestriga kiritilgan va tegişli kurslarni taşkil etadigan texnikumlarda ham ta’lim oliş mumkin.

Öqiş yakunida hujjat beriladimi?

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovçilarga belgilangan tartibda tegişli sertifikat beriladi.

ESLATMA: Murojaat yuboriş avtomatik ravişda vauçer ajratilişini anglatmaydi. Har bir ariza belgilangan tartibda körib çiqiladi.

---

RASMIY HUQUQIY ASOS

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan tegişli Nizom.

https://lex.uz/uz/acts/-7694451

Şuningdek, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining 2026-yil 25-sentabrdagi rasmiy tuşuntirişi.

Kasb örganiş imkoniyatidan foydalaniş uçun avvalo murojaat qiling va özingizga mos öquv dasturini tanlang!

Комментарии

Комментарий появится сразу. Пишите уважительно — оскорбления удаляются.

Комментариев пока нет. Будьте первым.

Последние новости