KASBIY MALAKANI SERTIFIKATLASHNING XALQARO STANDARTI YANGILANDI!
ISO/IEC 17024:2026 — bu qanday standart va nima uchun muhim? 2026-yil 31-mart kuni ISO/IEC 17024 xalqaro standartining uchinchi tahriri nashr etildi.
KASBIY MALAKANI SERTIFIKATLASHNING XALQARO STANDARTI YANGILANDI!
ISO/IEC 17024:2026 — bu qanday standart va nima uchun muhim?
2026-yil 31-mart kuni ISO/IEC 17024 xalqaro standartining uchinchi tahriri nashr etildi.
Yangi standart 2012-yildagi avvalgi tahrirni almashtirdi.
Standartning asosiy maqsadi nima?
Insonning muayyan kasb bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini ishonchli baholash, uning kompetensiyasini sertifikatlashtiruvchi tashkilotlar faoliyatiga yagona xalqaro talablarni belgilash.
Oddiy misol:
Bir mutaxassis elektr montaji bo‘yicha o‘quv kursini tugatdi va sertifikat oldi.
Ammo bu uning kasbiy vazifalarni mustaqil va xavfsiz bajara olishini to‘liq tasdiqlaydimi?
Har doim ham emas!
ISO/IEC 17024 aynan shu masalaga e’tibor qaratadi: shaxsning belgilangan kasbiy kompetensiya talablariga muvofiqligi xolis va ishonchli baholanishi kerak.
Standart kimlar uchun muhim?
☑️ Kasbiy malakani baholash markazlari;
☑️ Shaxslarning kompetensiyasini sertifikatlashtiruvchi organlar;
☑️ Sertifikatlashtirish sxemalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar;
☑️ Kasbiy kvalifikatsiyalar tizimini rivojlantiruvchi muassasalar;
☑️ Xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish tizimini yaratmoqchi bo‘lgan tashkilotlar.
2026-yilgi tahrirning muhim yangiliklaridan biri — sun’iy intellekt (AI) yordamida baholash jarayonlariga ham alohida talablar kiritilganidir.
Muhim jihat: ISO/IEC 17024 sertifikatlashtirish organlariga qo‘yiladigan standartdir. Uning mavjudligi barcha sertifikatlarning avtomatik ravishda xalqaro miqyosda tan olinishini anglatmaydi.
WorldSkills Uzbekistan kasbiy kompetensiyalarni baholash va xalqaro standartlar bo‘yicha ma’lumotlar turkumini boshlaydi
Комментарии
Комментарий появится сразу. Пишите уважительно — оскорбления удаляются.
Комментариев пока нет. Будьте первым.



