Skills Games 2027: Helsinkiga taklif!
10–13-may 2027 kunlari Helsinkida Skills Games 2027 bo‘lib o‘tadi. Tadbir Abilympics Helsinki 2027 xalqaro chempionati va Finlandiyaning Taitaja 2027 milliy chempionatini birlashtiradi. Unda 80 dan ortiq kasb, 800 ishtirokchi va 120 ming tashrifchi kutilmoqda.

O‘zbekiston vakillari tadbirda Observer yoki VIP Observer sifatida qatnashib, chempionat jarayonlari, seminarlar va kasbiy ta’lim tajribasi bilan tanishishlari mumkin. Shuningdek, Show Your Best Practice seminarida samarali loyihani 10 daqiqalik taqdimot orqali namoyish etish imkoniyati bor.
Muhim sanalar:
📌 Abilympics ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish — 31-oktabr 2026 gacha. Buning uchun mamlakat International Abilympic Federation a’zosi bo‘lishi talab etiladi.
📌 Observer paketini band qilish — 28-fevral 2027 gacha.
Taitaja 2027 bu safar xorijiy mehmon ishtirokchilarni qabul qilmaydi. 11–13-may kunlari tadbirga oddiy tashrif ochiq.
Helsinkiga borish va tadbirda qatnashishni istasangiz, WorldSkills Uzbekistanga murojaat qiling!
Comments
Your comment appears right away. Please be respectful — abusive comments are removed.
No comments yet. Be the first to share your thoughts.